AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “TOKSIKOZNING HOMILAGA ZIYoNI YO`QMI?”

'Madad-shifo: “TOKSIKOZNING HOMILAGA ZIYoNI YO`QMI?”'ning rasmi

— Homiladorlikning oltinchi oyidan boshlab, ertalab va kechki payt toksikoz xurujlari sodir bo`layapti. Ayniqsa uyqudan uyg`ongan zahotim ko`nglim aynib, qayt qilaman. Buning homilaga zarari bo`lmaydimi, shu haqida bilmoqchi edim?..

Go`zal Nurmatova, Jizzax viloyati

Gulnora PO`LATOVA, oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog:

— Toksikoz xurujlari engilroq o`tishi uchun uyqudan uyg`ongan zahotingiz o`rningizdan qo`zg`almang-da, biroz yoting. O`rindan turgandan so`ng bir stakan suv ichish yoki ikki bo`lak limon chaynash mumkin. Ko`ngil aynishi bezovta qilmaydi. Agar kun davomida bosh aylanishi, og`riqlar va holsizlik kuzatilmasa, vazn ortishi me`yorda kechib, homida rivojlanishi yaxshi kechayotgan bo`lsa, toksikoz xurujlaridan cho`chimang. Shunchaki ertalab nonushta qilishdan erinmang, kun davomida oz-ozdan tamaddi qiling. Agar umumiy ahvolingizda o`zgarishlar kelib chiqsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda toksikozni engillashtiruvchi preparatlarga murojaat etish mumkin.

    Boshqa yangiliklar