1

Polshalik velosipedchi- akrobat Ginness rekordini o`rnatdi

Rekord 02.11.2017, 16:32
Polshalik  velosipedchi- akrobat Ginness  rekordini  o`rnatdi

Polshalik Kristian Xerba velosiped yordamida Bryusseldagi Atomium cho`qqisini zabt etib, Ginness rekordini o`rnatdi. Buning uchun velosipedchi-akrobatga 14 daqiqayu 4 soniya kifoya qildi.

Bundan avvalroq mahoratli sportchi Avstriya, Ispaniya, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va Avstraliyadagi osmono`par binolarga ko`tarilib ulgurgan edi.

Bryusseldagi Atomium esa o`zining g`aroyib konstruksiyasi tufayli velosipedchi e`tiborini o`ziga jalb etdi.

“Ushbu cho`qqi zabt etishga arziydi deb o`yladim. Bu kabi noodatiy rekord orqali biz Polshadagi turizm va sharqiy velotrassa “Green Velo”ni targ`ib qilishga urinib ko`rdik”, dedi Xerba.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1