SIGEMI XIRATA — DUNYoDAGI ENG QARIYa BITIRUVChI

Rekord 02.11.2017, 16:35
SIGEMI XIRATA — DUNYoDAGI ENG QARIYa BITIRUVChI
Yaponiyalik Sigemi Xirata 96 yoshida diplom olib, Oliy o`quv yurtlarining eng keksa bitiruvchisiga aylandi.

Shuni alohida qayd etish joiz, kunchiqar yurt vakili butun umri davomida universitetga hujjat topshirish masalasida bir to`xtamga kela olmadi. Nihoyat 85 yoshida qariyani farzandlari va nabiralari bu ishni qilishga ko`ndirdilar.

11 yil mobaynida keksa talaba Kioto universitetida tahsil oldi. 96 yoshida oliy o`quv yurtini tamomlagan yaponiyalik “Ginness rekordlari kitobi”dan o`rin egalladi va eng keksa bitiruvchi, degan maqomni qo`lga kiritdi (avvalroq ushbu nom Alfonso Gonsalesga tegishli edi.)

Ma`lum bo`lishicha, Sigemi Xitara ushbu natija bilan qanoatlanmoqchi emas va o`zining 100 yoshida ilmiy darajaga ega bo`lishni rejalashtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1