1

MAKSIM ShASKIXNING O`ZIGA XOS REKORDI

Rekord 02.11.2017, 16:38
MAKSIM  ShASKIXNING  O`ZIGA  XOS REKORDI

Yaqinda futboldagi faoliyatini tugatgan, O`zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shaskixning ham o`ziga xos rekordi bor...

Avval uning o`zi haqida ikki og`iz. Maksim Shaskix 1978 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Futboldagi faoliyatini 1993 yilda “Paxtakor” bolalar va o`smirlar sport maktabida boshlagan. U o`z faoliyati davomida mamlakatimizdan tashqari Rossiya, Ukraina va Qozog`istonning bir qancha klublarida o`ynagan.

U O`zbekiston terma jamoasida gol urish bo`yicha birinchi o`rinda turadi,milliy terma jamoa safida esa 60 marta maydonga tushgan.

U milliy terma jamoa safida jami 4779 daqiqa harakat qilib, 34 ta gol urgan, bu hozirga qadar eng yaxshi natija hisoblanadi.

Maksim Shaskix 2003, 2005, 2006 va 2007 yillarda “yilning eng yaxshi futbolchisi” deb tan olingan. Darvoqe, Ukrainada 2010 yilda legioner hujumchilar uchun Maksim Shaskix nomidagi maxsus klub ham tashkil etilgan.

Maksim futbolchi sifatida 26 ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko`p Qatarga qarshi o`ynagan — 7 marta. Keyingi o`rinda Saudiya Arabistoni joylashgan — 6 ta o`yin. Hozircha 34ta gol yuqori natija bo`lib turibdi, lekin biz futbolchilarimizdan bundan-da yuqori natijalarni kutib qolamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1