AsosiySport

NEYMAR SABAB "PSJ"NING TINChI BUZILDIMI?

'NEYMAR SABAB "PSJ"NING TINChI BUZILDIMI?'ning rasmi

«PSJ» hujumchisi Neymar va jamoa bosh murabbiyi Unai Emerining munosabatlari borgan sayin taranglashmoqda.

Le Parisien nashri xabariga ko`ra, bu kelishmovchilik Neymar va Kavani o`rtasida jarima zarbalarini kim amalga oshirishi haqida ketgan bahsdan so`ng yuzaga kelgandi. O`shanda murabbiy Neymarni jamoaning asosiy penaltichisi etib tayinlamagandi.

Ma`lum bo`lishicha, Neymar shundan buyon murabbiyga e`tiroz bildirib kelmoqda. Uning vatandoshlari Dani Alves va Tiagu Silva esa uni qo`llab-quvvatlab turishibdi.

    Boshqa yangiliklar