​TEATR IJODKORLARI PAXTA YIG`IM-TERIMIDA

Madaniyat 03.11.2017, 09:08
​TEATR IJODKORLARI PAXTA YIG`IM-TERIMIDA

Mamlakatimizda 2017 yil paxta yig`im-terimi mavsumida estrada xonandalari va teatr aktyorlaridan tashkil topgan targ`ibot guruhlari muntazam ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, O`zbek milliy akademik drama teatri ijodkorlari joriy yilning 27-29 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Koson, Mirishkor, Qarshi va Nishon tumanlarida paxta yig`im terimi hasharchilari uchun ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o`tkazdilar.

Teatr jamoasi 29 oktyabridan boshlab, Jizzax viloyatining Zarbdor, Paxtakor, Sharof Rashidov tumanlari va Jizzax shahrida tadbirlarni davom ettirishmoqda. Paxta terimichilariga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning asarlari va badiiy kitoblarni sovg`a qilgan aktyorlar bu kabi xayrli tadbirlarda ishtirok etayotganliklaridan mamnunligini ta`kidladilar, deb yozadi Madaniyat vazirligi Axborot xizxmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1