Rejissyor Sanjar Shodievning akasi Anvar Shodiev vafot etdi. Bu haqda "Daryo" nashri ma`lum qildi.
«Akam Anvar Shodiev 2 noyabr kuni yorug` olamni tark etdilar», — deydi Sanjar Shodiev.
Ma`lumot uchun, Anvar Shodiev ko`plab filmlarda, jumladan «Etti haykal bitta kal», «Jigarbandim», «Qalb ko`zi», «Qora mushuk», «Ortiqcha omad», «Seni, o`zim boy qilaman» filmlarida rassomlik qilgan.
"Darakchi" gazetasining ijodiy jamoasi Sanjar Shodievga akasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiradi.






