AsosiyDunyo

DONALD TRAMP VLADIMIR PUTIN BILAN VETNAMDA UChRAShMOQChI

'DONALD TRAMP VLADIMIR PUTIN BILAN VETNAMDA UChRAShMOQChI'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vetnamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi OTIH sammiti maydonlarida uchrashishi mumkinligi haqida ma`lum qildi. Bu haqda Ria Novosti xabar qildi.

«Bu juda muhim safar. Biz Putin bilan uchrashishimiz mumkin... bu juda muhim. Ular bizga Shimoliy Koreya, Suriya bo`yicha yordam berishi mumkin. Biz Ukraina haqida ham gaplashib olishimiz kerak», — deb aytdi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi davlatlari rahbarlarining sammiti 6-11 noyabr kunlari Vetnamning Danang shahrida bo`lib o`tadi.

Avvalroq, Oq uy rahbarining milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Herbert Makmaster Putinning Tramp bilan uchrashuvi masalasi hozircha hal etilmaganini ma`lum qilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham OTIH sammitida mamlakatlar rahbarlarining muzokaralari haqida aniq ma`lumot yo`qligini aytgandi.

Bundan avval Tramp va Putin iyul oyida G20 sammiti doirasida Germaniyada uchrashishgandi.

    Boshqa yangiliklar