AsosiyDunyo

O`z hayotidan ko`ngli to`lmaganlar uchun ko`rishni tavsiya etamiz! (VIDEO)

Nikolas Vuychich dunyo bo`ylab millionlab odamlarni o`z misollari bilan ruhlantiruvchi inson. 

Nik qo`l va oyoqsiz dunyoga kelgan. Ammo u oyoq kafti va ikki barmog`i bilan ko`p narsaga qodir. U ikki barmog`i bilan tish tozalaydi, cho`miladi, yuradi, kompyuterda ishlaydi, yozadi hamda skeytda uchadi. 

Nikolas 1982 yil 4 dekabr kuni Brisbenda dunyoga kelgan. Ota-onasi Nikni oddiy maktabda ta`lim olishini istashgan, biroq o`rtoqlarining shavqatsiz harakatlari sabab, 1990 yil u o`z joniga qasd qilmoqchi bo`ladi. 

Biroq Nik nafaqat ushbu qiyinichiliklarni engib chiqadi balki butun baxt bilan yashashni o`rganadi. Ettinchi sinfda u hayriya ishlarida qatnashib, sinf sardori bo`ladi, 1999 yildan boshlab cherkovlarda o`z chiqishlari bilan qatnashadi va “Poyoni yo`q dunyo” nomli tashkilot ochadi.
 
Nik 40 dan ortiq mamlakatlarda bo`lib, hayotga bo`lgan ishonchi va umidini yo`qotganlarga o`zining misol va ma`ruzalari bilan ularni qaytarib beradi. Uning kitoblari, ma`ruzalari insonlarga hayot mazmunini anglashga yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar