​DEPUTATLAR JIZZAXDAGI 152 TA XALQ TA`LIMI MUASSASALARDAGI AHVOLNI O`RGANIShDI

Erkin minbar 05.11.2017, 19:55
​DEPUTATLAR JIZZAXDAGI 152 TA XALQ TA`LIMI MUASSASALARDAGI AHVOLNI O`RGANIShDI

“Adolat” SDPning Jizzax viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari tashabbusi bilan “Maktabgacha ta`lim muassasalari va umumta`lim maktablari sinflardagi o`quvchilar sonining sanitariya-gigiena talablariga mosligi, umumiy tibbiy xizmatning ahvoli, majburiy dori-darmonlar bilan ta`minlanganlik darajasi, mantu sinamasi va boshqa emlashlar davriyligining holati, qaynatilgan toza ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik bo`yicha” viloyatdagi 52 ta maktabgacha ta`lim muassasasi va 110 ta umumta`lim maktablari o`rganildi. O`rganish natijalari Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komisiyasida ko`rib chiqilib, sessiya muhokamasi uchun taqdim etish bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek deputatlik guruhi tomonidan viloyatdagi “Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan xodimlar mehnat faoliyatiga oid hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, joylarda ushbu sohaga oid qonunchilikka amal qilish holatlari” yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi. Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo`yicha” doimiy komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilinib, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun taqdim etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1