AsosiyDunyo

AQSh janubidagi noqulay ob-havo sharoitidan qurbonlar soni ortmoqda

AQSh janubi va janubi-sharqidagi noqulay ob-havo sababli sodir bo`layotgan YTH oqibatida 11 kishi halok bo`ldi, bu haqda [url=http://ap.org/]Assoshieyted Press agentligi xabar bermoqda.
 
[url=http://www.cnn.com/]CNN telekanali ma`lumotlariga ko`ra, qorli bo`ron AQSh janubiga yomg`ir va kuchli qorbo`ronlar olib keldi, oqibatda yo`llarda qalin muz qatlami hosil bo`ldi. Daraxtlar ham qotib qolgan muzlar oqibatida elektr uzatish simlarini uzib, yo`llar ustiga yiqilyapti. Oqibatda 500 mingga yaqin uy va korxonalar chiroqsiz qolmoqda. Salkam 3,3 ming hududdagi aviareyslar ob-havo sharoiti sababli qoldirilgan.
 
22 ta Amerika shtati qorli bo`rondan aziyat chekmoqda. Ularning yarmida favqulodda vaziyat e`lon qilingan. Vashingtonda noqulay ob-havo sharoiti sababli payshanba kuni ko`plab hukumat idoralari yopilgan.
 

    Boshqa yangiliklar