AsosiyShou-biznes

XONANDA BAHROM NAZAROV ERDAN 50 METRChA BALANDLIKDA KLIP SURATGA OLDIRDI

'XONANDA BAHROM NAZAROV ERDAN 50 METRChA BALANDLIKDA KLIP SURATGA OLDIRDI'ning rasmi

Xonanda Bahrom Nazarovning «Xato qildim» deb nomlangan ohanraboli taronasi haqida ma`lumot bergan edik. Xonanda mazkur taronasiga video ketma-ketlik suratga oldirdi.


Mazkur video klipning suratga olish jarayonlariga o`n kundan ortiq vaqt davomida tayyorgarlik ko`rildi. Suratga olish ishlari Toshkent viloyati Parkent tumanida bo`lib o`tdi. Klip g`oyasi xonandaning prodyuseri Yoqubjon Ostonovga hamda rejissor Sunnat Nomozovga tegishlidir.

Mazkur video klipning asosiy epizodi erdan taxminan 50 metrcha balandlikda suratga olingan.

Operator Hojiev Hojiakbar, pardozchi Saidazizova Sheroza, video klip ShB studio bilan hamkorlikda suratga olingan. Video klip xonanda Bahrom Nazarovning «Istiqlol» san`at saroyida bo`lib o`tadigan uchinchi yakkaxon konsert dasturi arafasida premera qilinishi mo`ljallangan.

Eslatib o`tamiz xonanda 14,15,15 noyabr kunlari o`zining navbatdagi yakkaxon konsert dasrurini taqdim qiladi.


    Boshqa yangiliklar