1

Chaqqon kuchukcha rekord o`rnatdi

Rekord 06.11.2017, 11:12
Chaqqon kuchukcha rekord o`rnatdi

“Ginnessning rekordlar kitobi”ga faqat insonlarning nomi kiritiladi, deb hisoblasangiz adashasiz. Chunki uddaburon va favqulodda epchil jonivorlar ham ko`z ko`rib, quloq eshitmagan natijalarni qayd etishi mumkin. Ana shunday rekordchilardan biri Tvinki laqabli kuchukcha. U deyarli 40 soniya (39.08) ichida 100 dona sharni (vozdushnx sharik) yorishning uddasidan chiqdi. Ko`rinib turibdiki, baxtiyor va chaqqon terer bir soniya ichida 2,5 tadan sharning havosini chiqargan. Avvalgi rekord 41,67 soniyani tashkil etgan va u o`tgan yili “Britaniyada iqtidorlar bor” shousi vaqtida o`rnatilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1