1

Oyoqsiz tug`ilgan gimnastika chempioni

Rekord 06.11.2017, 11:24
Oyoqsiz tug`ilgan gimnastika chempioni

Amerikalik Jen Briker irsiy kasallik tufayli oyoqsiz tug`ilgan. Shu sababli ota-onasi undan voz kechadi, qizaloqni esa Brikerlar oilasi asrab oladi. Brikerlar Jenning bolalikdan gimnast bo`lishni orzu qilganidan xabar topgach, uni 16 yoshida sport maktabiga olib borishadi. Ushbu qaror nafaqat qizaloqqa olamshumul g`alaba taqdim etdi, balki nasl-nasabi haqidagi sirning ochilishiga zamin yaratdi.

Jen ham ko`plab havaskor gimnastlar qatori 1996 yilgi Olimpiada o`yinlari g`olibi amerikalik Dominik Xelena Mosina-Kanalesni o`z kumiri deb bilardi.

“Balki bunga ishonmassan, ammo sening haqiqiy sharifing Mosina edi”, — deya Jenga hujjatlarini ko`rsatgandi uning asrab olgan onasi. Shu tariqa chempion Dominik Jenning tug`ishgan opasi ekani o`z tasdig`ini topadi. Gimnastikaga bo`lgan muhabbat uning qonida bor edi. Ehtimol, ayni shu narsa qizaloqning muvaffaqiyatga erishishida yordam bergandir: u musobaqada g`olib chiqib, shtat chempioniga aylanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1