1

Madad-shifo: “QIZIMNI EMLATGANDIM, IChI SURAYaPTI...”

Salomatlik 06.11.2017, 13:08
Madad-shifo: “QIZIMNI EMLATGANDIM, IChI SURAYaPTI...”

— Rejali emlash taqvimi bo`yicha navbatdagi vaksina qilingandi. Ammo shundan keyin qizalog`imning tobi qochib, 3-4 kuncha ichi ketdi. Endi bo`lsa, kunora ichketardan aziyat chekadi. Nahot bu emlashning ta`siri bo`lsa?! Bunday vaziyatlarda biror dori bersa bo`ladimi, masalan, diareyani to`xtatadigan yoki o`zi o`tib ketishini kutish kerakmi?

Matluba Beknazarova, Toshkent viloyati

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Aslini olganda har qanday emlash jarayoni go`dak organizmi uchun og`irlik qilishi mumkin, negaki, bu holat bola immun tizimiga ta`sir ko`rsatadi. Emlashdan keyingi o`zgarishlar sifatida tana haroratining ko`tarilishi, ich surishi, qayt qilish kabilar kuzatilishi mumkin va bunday vaziyatlarda pediatr bilan maslahatlashib, kichkintoy ahvolidan boxabor bo`lib turish kifoya. Vaksina tarkibidagi mikroorganizmlar go`dak me`da-ichaklar shillig`ini ta`sirlantiradi, shuning evaziga bolada ich surishi kelib chiqadi.

Bezovtalik paytida ichaklar mikroflorasini yaxshilovchi preparatlar berilgach, ich kelishi to`xtashi lozim. Agar bunday bo`lmasa va ich surishi bir sutkadan ko`proqqa cho`zilsa, bola axlatining rangi ko`kimtir tusda (tarkibi suyuq, shilimshiq aralash) bo`lsa, davolovchi shifokorga murojaat qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1