Parvozdagi samolyotda yigit bortdan turib kamera orqali tasvirga olmoqchi bo`ladi. Ammo qurilma, yigitning qo`lidan chiqib ketadi va o`zining qulashini tasvirga tushiradi. Video 9 fevral kuni tarmoqqa joylangan bo`lsa, hozirga kelib video 5,8 million marta ko`rilgan.
Ajablanarlisi, qulashdan so`ng kamera zarbaga bardosh berib, sinib ketmadi. Kamera egasining aytishicha, u o`z maydoni atrofini ko`zdan kechirgan. Qurilmani esa 8 oydan so`ng o`z hovlisida topgan.