AsosiyDunyo

​Dunyo xalqlari: ISPANIYa — OMAD VA BAXT SINOVI SARI​

'​Dunyo xalqlari: ISPANIYa — OMAD VA BAXT SINOVI SARI​'ning rasmi

Ispaniya — Evropaning janubi-g`arbida, Pireney yarim orolida joylashgan davlat bo`lib, hududining aksar qismi plato, o`rtacha balandlikdagi tizmalar, yassitog`liklar va pasttekstliklardan iborat. Aholisining ¾ qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va boshqalar.

Bugungi kunga kelib ushbu davlatning Madrid, Barselona, Valensiya, Selviya, Saragosa, Balbao, Malaga kabi shaharlarini eshitmagan va ko`rishni istamagan kishi bo`lmasa kerak.

Ispaniya xalqi adabiyot, san`at va madaniyat hamda sport jihatdan jahonda o`z o`rniga ega hisoblanadi. O`rta asrlarda xalq ijodi, yunon, Rim va arab madaniyatlarining ta`sirida shakllangan.

Dunyoda insonlarni birdamlikka chorlovchi sport turlari ko`p. Shuningdek, har bir millatning o`ziga xos milliy sport o`yinlari mavjud. Shular qatori ispan milliy sport o`yini alohida e`tirof etilishi barchamizni qiziqtirsa, ajabmas. Bu — inson va buqalar janggi asosida kechuvchi Korridadir. Bu o`yin xavflilik darajasi bilan butun dunyoga mashhur!


MA`LUMOT: Ispan milliy tomoshasi Korrida — ispancha “corrida de toros” — buqalarning chopishi ma`nosini bildiradi.

Korrida o`yini XI asrdan buyon ma`lum bo`lib, bunda ishtirok etganlar sharaflangan. Ammo o`yin oqibatida deyarli har kuni torrerolar o`lim bilan yuzma-yuz bo`lishgan.

XVIII asrga kelib korrida sirk tomoshasi sifatida keng ommaga ham namoyish etila boshlangan. Keyinchalik korrida ispan dvoryanlarining dovyuraklik darajasini sinash va shakllantirishda qo`l kelgan. Unda 12-14 kishidan iborat guruh ishtirok etadi. Bu kishilar ispanchada torerolar deb yuritiladi.

Torerolar buqani yarqiragan latta bilan qo`zg`atadi. Pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib, uni battar g`azablantiradi.

Darhaqiqat g`azablangan buqa quturib, ishtirokchilarni jarohatlashdan tap tortmaydi. Bu esa qaysidir ma`noda tomoshabinlarga zavq bag`ishlar ekan.

Asosiy ijrochi — matadorning buqa bilan jang o`yini buqani o`ldirish bilan yakun topadi. Bu o`yin Ispaniya, Janubiy Fransiya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan. Bugungi kunga kelib ushbu mamlakatlarda korrida o`yini ustida katta mablag`lar tikilib, qonli buqalar jangi shou tarzda o`tkaziladi.

OMAD VA BAXT SINOVI“O`lim sporti”

Korrida sportida ishtirokchilar o`zo`yinlari orqali omadini va baxtini sinovdan o`tkazadi. Bunga asos bor desak ham bo`ladi. Boisi quturgan buqadan qochib qutulish baxt olib kelishini bilmadigu ammo omadli insonlarginabunda omon chiqishiga ishonsa bo`ladi.

Ispaniyada jangari buqaga nafaqat oddiy hayvon balki o`lim vakili va yulduz darajasiga ko`tariladi. Buqa bilan “muomala”qiluvchi matador tomoshabinlar ko`z oldida o`z mahoratini ko`rsatib, hurmat qozonishi lozim. Matador bilan birga “ishlovchi” buqa 4 dan 6 yoshgacha bo`lishi lozim. (Ot bilan uyushtiriladigan korridada, 2-4 yoshli, 450 kg.dan kam bo`lmagan buqalar tanlab olinadi.)

Chunki shu yoshda buqalarning ayni kuchga to`lgan payti bo`lar ekan. Buqalarni arenaga chiqarishdan oldin matodor buqaning xarakterini o`rganish uchun u bilan ancha mashq qiladi, aksholda matador undan himoyalanishi qiyin. Bu o`yinda buqaning bo`yin ustiga maxsus ishtirokchi o`yinchilar tomonidan nayzalar tiqilib holsizlantiriladi va matador uni o`ldiradi. Korrida o`yinida matador anchagina ayyor va xushyor bo`lishi lozim.

Matador — ispancha torreroning birlik shakli bo`lib, “Buni o`ldiruvchi” ma`nosini anglatadi. Matador bo`lish uchun bolalar 10-12 yoshdan boshlab tayyorlanadi.

"AJAL" ARENALARI...

Korrida sporti paydo bo`lgan paytda o`yin keng va ochiq maydonlarda o`tkazilgan. 1733 yilga kelib Ispaniyaning Sevilya shahrida buqalar jangi uchun aylana shakldagi maxsus korrida maydoni qurilgan. Maydon “La Maestransa” nomini olgan. Tuzilishiga ko`ra maydon Rim gladiatorlar jangi o`tkaziladigan joyni eslatadi.

Korridaning vatani Ispaniyada xususan Madridda XVIII asrda yashagan matador ayol Paxuelera nomi haligacha kishilar yodida. Keyinchalik bu o`yinda ishtirok etish ayollar uchun butunlay man etilgan. 1974 yilga kelib ularning korridada ishtirok etish huquqi qayta tiklangan. Ammo bugungi kunda korrida arenalariga ayollar kam kamdan-kam hollardagina chiqadi. Albatta dovyuraklikda erkaklardan qolishmaydigan nozik ko`rinishli ayollarni buqalar jangida ko`rsangiz, albatta siz ham hayratlanasiz.

Har yili Ispaniya, Fransiya va Portugaliyada 6 minga sportchilar korrida uyinida ishtirok etishadi. Buning natijasida 30 mingdan ziyod jangchi buqalar nobud bo`ladi. XIX-XX asr mobaynida Ispaniyada 63 ta sportchi matodor korrida uyini oqibatida halok bo`lgan. Madrid shahridagi “Las-Ventas” korrida o`yin maydoni yonidan aynan korrida o`yinida halok bo`lgan sportchilar xotira maydoni barpo etilgan.

AZALDAN HAMKOR XALQ

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, savdo-iqtisodiy aloqalar yanada keng rivojlanib bormoqda. Tarixga nazar tashlasak,ikki xalq o`rtasidagi aloqalar XV asrga borib taqaladi.

1404 yilda Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales va Klavixo Samarqandga tashrif buyurgani hamda Amir Temur saltanati haqida noyob esdaliklar qoldirgani bot-bot e`tirof etiladi. Bugungi kunda ham ikki mamlakat o`rtasida iliq munosabatlar saqlanib qolgan. Shunday ekan Ispaniya milliy qadriyatlari o`zbek xalqiga va o`z o`rnida bizning azaliy qadriyat va yodgorliklarimiz ispan xalqiga hamisha qiziq va e`tirofga loyiq bo`lib qolaveradi.

Abdulaziz RUSTAM o`g`li

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar