TRAMPNING JANUBIY KOREYaGA IKKI KUNLIK SAFARI BOShLANDI
Janubiy Koreya prezidenti ilk bor boshqa mamlakat rahbarini Ko`k saroydan tashqarida kutib oldi. AQSh prezidenti Donald Trampning samolyoti Janubiy Koreyadagi Pxyontxek shahrida joylashgan Osan aviabazasiga qo`ndi, u erdan Tramp Kemp-Xamfriz harbiy bazasiga yo`l oldi.
AQSh prezidentini Seuldan 70 km uzoqlikdagi Pxyontxek shahrida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In kutib oldi. Prezidentlarning harbiy bazaga borishlari e`lon qilinmagan edi, shu sababli bu voqea jahon OAVlari e`tiboriga tushdi. Janubiy Koreya prezidenti odatda o`z mehmonlarini Ko`k saroyda — prezidentning rasmiy rezidensiyasida kutib olar edi.
Ilk bora Janubiy Koreya prezidenti o`z amerikalik hamkasbini Ko`k saroy tashqarisida kutib oldi. Kemp-Xamfriz harbiy bazasida Tramp va Munning ikki mamlakat harbiylari bilan birga o`tkazadigan tushligi bo`lib o`tadi.
Shu bilan birga Donald Tramp hozirgi kundagi yarimorol holati haqidagi hisobotni tinglaydi. Kunning ikkinchi yarmida ikki davlat rahbarlarining rasmiy uchrashuvi, bir soatlik sayr, matbuot anjumani va birgalikdagi kechki ovqat rejalashtirilgan.






