«Transformerlar» filmidagi Mikael Beyns roli orqali mashhurlikka erishgan amerikalik aktrisa va fotomodel Megan Deniz Foks 1986 yili AQShda dunyoga kelgan. Megan Foks italyan markasi «Emporio Armani»ning «yuz»i hisoblanadi. U 2001 yildan to hozirga qadar 20dan ortiq kartinalarda suratga tushib kelmoqda.
1. «Sevgini izlamang, sizga baxt keltiruvchi insonni izlang. Ertami kechmi bu baxt sevgiga aylanadi».
2. «Ko`pchilik Gollivud aktyor va aktrisalari o`z shaxsiy xayotlarini ommaga oshkora qilishni sevadilar. Men esa eski Gollivud yulduzlari kabi sirli bo`lishni afzal ko`raman».
3. «Shunday zamonda yashayapmizki, oriyatni yo`qotishdan ko`ra qo`l telefonini yo`qotish ancha qo`rqinchliroq».
4. «Erta tongda yuvinib bo`lgandan so`ng, yuzimga avval yumshatuvchi, so`ng, albatta, quyosh nurlaridan himoyalovchi kremdan surtaman. Busiz ko`chaga chiqmayman. Agar pardoz qilmaslikning imkoni tug`ilsa, albatta bundan foydalanaman. Suratga tushish jarayonlari, qizil gilamchalarda yurishdan keyin yuzga dam kerak».
5. «Hech qachon men xaqimda yozganlarni o`qimayman. Bunday qilishni tezda o`rganmadim, albatta. Sariq matbuotdan ko`ra, romanlar o`qiganim afzal».
6. «Bolalagimda komikslar o`qishni yoqtirtardim. Bu o`zimni qutaqarish yo`li edi. Maktabdan, oiladan umuman hamma narsadan qochish edi bu».
7. «Men uchun ovqat pishirgandan ko`ra och qolganim yaxshiroє».
8. «Qizil gilamchaga chiqishdan oldin, yuzim, bo`ynimga va bo`yin atrofiga terini yaltiratadigan maxsus vositadan surtaman. Buni albatta qilaman. Lab bo`yog`i, upa, tenlarga keladigan bo`lsak, men uchun tugallangan va uyg`un obraz yaratish juda muhim. Ko`ylak, pardoz va turmak bir butundek ko`rinishi zarur».
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






