SURIYaDA MINANING PORTLAShI OQIBATIDA 4 NAFAR ROSSIYaLIK JURNALIST JAROHATLANDI
Suriyaning Dayr az-Zor shahrida boshqariluvchi fugasning portlashi oqibatida to`rt nafar rossiyalik journalist va besh nafar harbiy jarohatlandi, deb xabar beradi «Vedomosti».
Portlash terrorchilar tomonidan amalga oshirildi. Jabrlanuvchilar Latakiya provinsiyasidagi Rossiyaning «Xmeymim» aviabazasiga olib ketildi.
Shifokorlar ularga zaruriy tibbiy yordam ko`rsatildi. Hozirda ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
«NTV» telekanalidan Ilya Ushenin va Temur Voronov, «Zvezda» telekanalidan Konstantin Xudoleev va Dmitriy Starodubskiy hamda Rossiya xalqaro minaga qarshi markazining minani kuchsizlantirayotgan besh nafar harbiy xizmatchisi jarohatlangan.
Ikkala telekanal matbuot xizmatlari ham hamkasblariga tezroq sog`ayib ketishni tilagan.






