– Homilador emasman, ammo vaqti-vaqti bilan qorin sohasida lipillash paydo bo`lib qoladi. Bu biror kasallik belgisi emasmi yoki shamollashmikan?
A.Zohidova, Samarqand shahri
Nodira HAMRAEVA, terapevt:
– Savolingizda meteorizm, qorin dam bo`lishi kuzatiladimi-yo`qmi aytmagansiz. Ichaklar lipillashi ko`proq mana shu holatda yuz berib, umumiy axlat tahlilini topshirish orqali vaziyatga aniqlik kiritish mumkin. Hazm a`zolari yaxshi ishlamaganida ham qorin sohasida lipillashkelib chiqadi.






