AsosiyJamiyat

I TOShKENT XALQARO AMALIY SAN`AT FESTIVALI TADBIRLARI BO`LIB O`TMOQDA

'I TOShKENT XALQARO AMALIY SAN`AT FESTIVALI TADBIRLARI BO`LIB O`TMOQDA'ning rasmi

I TOShKENT XALQARO AMALIY SAN`AT FESTIVALI TADBIRLARI BO`LIB O`TMOQDA.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zali, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san`ati muzeyi, Yoshlar ijod saroyida I Toshkent xalqaro amaliy san`at festivali tadbirlari bo`lib o`tmoqda.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan ilk bor uyushtirilgan mazkur festival nafaqat mamlakatimiz, balki MDH davlatlari, shuningdek, Germaniya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Eron, Italiya, Janubiy Koreya kabi o`ndan ziyod mamlakatlardagi hunarmandlar, tasviriy va amaliy san`at ustalari, miniatyurachi rassomlar, san`atshunoslarni bir joyga jamladi. Ushbu tadbir ular o`rtasidagi ijodiy aloqalarni yanada mustahkamlaydi, qolaversa, amaliy san`at sohasida jahonda kechayotgan jarayonlar bilan tanishishlariga imkon beradi.

— Yurtingizga birinchi bor kelishim, — deydi xitoylik san`atshunos Ma Syao Lin. — Ochig`i, namoyish etilayotgan har bir asar menda katta taassurot qoldirdi. Men ham festivalga kumush, temirdan yasagan buyumlarimni olib kelganman.


Ta`kidlash kerakki, haftalik davomida poytaxtimizdagi san`at va madaniyat koshonalari, jumladan, O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zali, O`zbekiston tasviriy san`at galereyasi, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san`ati muzeyi, Yoshlar ijod saroyi amaliy san`at ixlosmandlariga mezbonlik qiladi. Zero, uning har bir kuni qiziqarli dasturlarga boy. Misol uchun, amaliy san`at ustalari, miniatyurachi rassomlar hamda xorijlik mutaxassislarning “Mahorat saboqlari”, “Art and part news Uzbekistan” jurnali taqdimoti, liboslar namoyishi o`tkazilishi ham belgilangan. Shuningdek, poytaxtimizdagi muzeylar, tarixiy obidalar va zamonaviy inshootlarga -sayohatlar uyushtiriladi.

    Boshqa yangiliklar