TOShKENT ShAHAR XOTIN-QIZLAR QO`MITASI QOShIDA “QIZLARJON” KLUBI TAShKIL ETILDI
Klub 7 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan yosh xotin-qizlarni ixtiyoriy ravishda birlashtirib, ularning ezgu maqsadlar yo`lida faolligini oshirish, kasb-hunar egallashi uchun sharoitlar yaratish, bandligini ta`minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, tashabbuslarini rag`batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro`yobga chiqarishga yordamlashadi.
Klubning mashg`ulot va yig`ilishlari bir necha yo`nalishlarda tashkil etilib, ishtirokchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, uzluksiz ta`lim, yuksak ma`naviyat va milliy madaniyat targ`iboti, ijtimoiy faollikni oshirish, to`y va marosimlarni ixchamlashtirish, ma`naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e`tibor qaratiladi.






