AsosiyJamiyat

ERTAGA – 9 NOYaBR KUNI MAMLAKATIMIZDA KUTILAYoTGAN OB-HAVO MA`LUMOTI

'ERTAGA – 9 NOYaBR KUNI MAMLAKATIMIZDA KUTILAYoTGAN OB-HAVO MA`LUMOTI'ning rasmi

ERTAGA – 9 NOYaBR KUNI MAMLAKATIMIZDA KUTILAYoTGAN OB-HAVO MA`LUMOTI

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 9 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 16-18 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi, kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 6-11 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar