2017 yilning 9 noyabr kuni O`zbekistonga Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha Oliy vakili Frederika Mogerini boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi. Delegasiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo`yicha Evropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi.
Evropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev qabul qilishi rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga ko`ra EI delegasiyasi Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan
“Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va
“Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va
taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok
etadi.






