SAYYoHLAR UChUN 2017 YILDAGI DUNYoNING ENG MAFTUNKOR 100 TA ShAHRI E`LON QILINDI.
Reyting “Euromonitor International” tadqiqot kompaniyasi ekspertlari tomonidan tuzib chiqilgan.
Unda Gonkong birinchi pog`onani band etdi. Ushbu shaharga joriy yilda 25,7 million sayyoh kelgan.
Ikkinchi o`rindan Bangkok (23,3 million kishi) joy oldi. Kuchli uchlikni London (19,8 million kishi) yakunladi. Shuningdek, top o`ntalikka Singapur, Makao, Dubay, Parij, Nyu-York, Shenchjen va Kuala-Lumpur shaharlari kiritilgan.






