AsosiyJamiyat

MICROSOFT KORPORASIYaSINING MDH MAMLAKATLARIDAGI BOSh DIREKTORI RONALD BINKOFSKI O`ZBEKISTONDA

'MICROSOFT KORPORASIYaSINING MDH MAMLAKATLARIDAGI BOSh DIREKTORI RONALD BINKOFSKI O`ZBEKISTONDA'ning rasmi

MICROSOFT KORPORASIYaSINING MDH MAMLAKATLARIDAGI BOSh DIREKTORI RONALD BINKOFSKI O`ZBEKISTONDA

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft korporasiyasining MDH mamlakatlaridagi bosh direktori Ronald Binkofski bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

O`zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, davlat boshqaruvida bulutli texnologiyalarni, yuridik va jismoniy shaxslar uchun Microsoft echimlarini joriy qilish, Microsoft dasturiy mahsulotlarini legallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar ta`lim tizimidagi hamkorlik, xususan talabalar va aholini o`qitish tizimini tashkil etishda Microsoft servis va mahsulotlaridan foydalanish masalasini muhokama qildilar.

Microsoft delegasiyasi tashrifi doirasida seminar tashkil etildi. Unda korporasiyaning Evropa bosh ofisidan kelgan yuqori malakali ekspertlar elektron hukumat qurish borasidagi tajribasi haqida so`zlab berdi. Jumladan, joriy etilayotgan tizimlarning arxitekturasi, yondashuvi, boshqa mamlakatlar tajribasi, elektron hukumat konsepsiyasini amalga oshirishda davlat data-markazlaridan foydalanish variantlari haqida so`z bordi.

Ma`lumot uchun: 1975 yilda asos solingan Microsoft korporasiyasi dasturiy ta`minot ishlab chiqarish, insonlarning salohiyatlarini namoyish etishga xizmat qiladigan innovasion xizmat va echimlarni ishlab chiqarishda jahon etakchisi hisoblanadi.

Korporasiya korporativ va individual foydalanuvchilar uchun keng qamrovli asbob-uskunalar va xizmatlarni taqdim etadi, butun dunyodagi insonlarga ish joyida va uyida yangi imkoniyatlar yaratadi. Qurilmalari va xizmatlariga ish o`rni va tarmoq amaliy tizimlari, mijoz-server muhitlari uchun server ilovalari, foydalanuvchilar uchun biznes-ilovalar va ofis ilovalari, interaktiv dastur va o`yinlar, dasturlash vositalari va internet tarmog`ida ishlash uchun vositalar kiradi. Bundan tashqari, Microsoft interaktiv (onlayn) xizmatlar taqdim etadi, kompyuter mavzularida kitoblar nashr etadi, kompyuterlar uchun periferik uskunalar ishlab chiqaradi, yangi kompyuter texnologiyalarini tadqiq etish va rivojlantirish bilan shug`illanadi.

Korporasiya 190 davlatda faoliyat olib boradi. Uning mahsulotlarini aksariyat personal kompyuterlar qo`llab-quvvatlaydi va jahonning 45 tiliga tarjima qilinadi.

    Boshqa yangiliklar