PRAGADA MILLIY OLIMPIYa QO`MITALARI ASSOSIASIYaSINING XXII BOSh ASSAMBLEYaSI BO`LIB O`TDI
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasidan olingan ma`lumotga ko`ra, unda assosiasiyaga a`zo barcha — 206 ta Milliy olimpiya qo`mitasi vakillari, Xalqaro va qit`a Olimpiya qo`mitalari rahbarlari, Butunjahon sport federasiyalari va assosiasiyalari mutasaddilari ishtirok etdi. Mamlakatimizdan vakil sifatida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi bosh kotibi O. Qosimov qatnashdi.
Tadbir doirasida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi bosh kotibi XOQ qoshidagi “Olimpiya Birdamligi” dasturi direktori Pere Miro, Xalqaro suzish federasiyasi (FINA) prezidenti doktor Xulio Sesar Maglione, Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) prezidenti Nenad Lalovich, Kurash xalqaro assosiasiyasi (IKA) prezidenti Haydar Farmon, Xalqaro qilichbozlik federasiyasi bosh kotibi Emmanuel Katsiadakis, Xalqaro gimnastika federasiyasi prezidenti Morinari Vatanabe, Xalqaro engil atletika federasiyalari assosiasiyasi (IAAF) birinchi vise-prezidenti Sergey Bubka va boshqa mutasaddilar bilan uchrashib, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi hamda xalqaro tuzilmalarning o`zaro hamkorligini mustahkamlash bo`yicha muloqotlar o`tkazdi.






