AsosiyDunyo

SARATONNING OLDINI OLADI

'SARATONNING OLDINI OLADI'ning rasmi

SARATONNING OLDINI OLADI

Gonkong universiteti olimlari fikricha, kamida olti oy mobaynida aspirinni kichik dozalarda iste`mol qilib turish saraton xavfini sezilarli darajada kamaytirarkan.

Mutaxassislar ushbu yo`nalishda 600 mingdan ziyod kishilar ishtirokida tadqiqot olib borishdi. Tahlillar aspirin, ayniqsa, ovqat hazm qilish tizimida uchraydigan onkologik kasalliklarning oldini olishda samarali vosita ekanligini ko`rsatdi. -Mazkur dorini qabul qilish natijasida jigar va qizilo`ngach saratoniga chalinish ehtimoli 47, oshqozon saratoni xavfi 38, oshqozon osti bezi saratoni ehtimoli 34, to`g`ri va yo`g`on ichak saratoniga chalinish xavfi 24 foizga kamaygan.

“U, shuningdek, leykemiya, o`pka va prostata bezi saratonida ham ijobiy ta`sir qiladi”, deydi professor Kelvin Soy.

    Boshqa yangiliklar