AsosiyJamiyat

PREZIDENT QARORI: 2022 YIL 1 YaNVARDAN BARChA DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI ISSIQ SUVDAN UZIB QO`YILADI

'PREZIDENT QARORI: 2022 YIL 1 YaNVARDAN BARChA DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI ISSIQ SUVDAN UZIB QO`YILADI'ning rasmi

PREZIDENT QARORI: 2022 YIL 1 YaNVARDAN BARChA DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI ISSIQ SUVDAN UZIB QO`YILADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 8 noyabr kuni "Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorga imzo chekdi.

Qaror sharhida shaharsozlik sohasidagi amaldagi norma va qoidalar ob`ektlarning energiya samaradorligini ta`minlovchi zamonaviy talablarga javob bermasligi qayd etilgan. Shuningdek, binolar va inshootlarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishida energiya tejamkor materiallar va texnologiyalarni qo`llashga etarli e`tibor qaratilmasligi tufayli energiya resurslarining ortiqcha sarf qilinayotgani ta`kidlangan.

Elektr va gaz ta`minoti tizimini yanada takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash, shuningdek, mazkur sohada ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta`minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalari, shuningdek, energiya tejamkor lampalar majburiy tartibda o`rnatiladi.

Shu bilan bir qatorda, 2022 yil 1 yanvardan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarini issiq suv ta`minotidan uzib qo`yish nazarda tutilmoqda. Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash maqsadida ular issiq suv ta`minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalaridan, shuningdek, ichki yoritish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan energiya tejamkor lampalardan foydalanishi shart bo`ladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan issiq suv ta`minoti uchun quyosh suv isitgich qurilmalarining joriy etilishi va foydalanilishi natijasida isitilmaydigan davrda (aprel-oktyabr) isitish stansiyalari tomonidan tabiiy gaz iste`moli hajmi deyarli 10 million kub metr yoki 2,5 milliard so`mga qisqaradi.

Bugungi kunda 35 ta biogaz ishlab chiqaruvchilar, 10 ta quyosh elektr energiyasi etkazib beruvchilar va mikrogidroelektr stansiyalardan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi 5 ta korxonaning imkoniyatlari to`liq ochib berilmagan.

Qarorda muqobil energiya manbalarini joriy etish yuzasidan tadbirkorlik faoliyatini samarali rag`batlantirish uchun zarur bo`lgan huquqiy asoslarni shakllantirish bo`yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar