18.02.2014 09:19
O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi «Jar» stadionida o`tkaziladi
Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`lib o`tadigan uchrashuvda 2013 yilgi O`zbekiston chempioni va Kubogi sohibi «Bunyodkor» o`tgan mavsum vise-chempioni «Lokomotiv»ga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o`tamiz, bungacha faqat bir marta O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi o`tkazilgan bo`lib, 1999 yili Farg`onada bo`lib o`tgan uchrashuvda 1998 yilgi O`zbekiston Kubogi sohibi «Navbahor» 1998 yilgi O`zbekiston chempioni «Paxtakor»ni 4:2 hisobida mag`lub etgan edi.