AsosiyJamiyat

RAQAMLI DIPLOMATIYaGA YaNGIChA YoNDAShUVLAR HAYoTGA TATBIQ ETILAYaPTI

'RAQAMLI DIPLOMATIYaGA YaNGIChA YoNDAShUVLAR HAYoTGA TATBIQ ETILAYaPTI'ning rasmi

RAQAMLI DIPLOMATIYaGA YaNGIChA YoNDAShUVLAR HAYoTGA TATBIQ ETILAYaPTI

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi 114 ta davlat organi o`z elektron portaliga ega. Ularning 79 foizida mobil versiyasi ham mavjudligi aholi uchun qo`shimcha qulayliklar tug`dirmoqda. Bundan tashqari, vazirlik va idoralar rasmiy veb-saytlarida ular faoliyati haqida dolzarb yangiliklardan xabardor bo`lish uchun elektron obuna tizimi joriy etilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Facebook”dagi sahifasini 110 mingdan ortiq kishi o`qiydi. Prezident Virtual qabulxonasida 1,3 milliondan ortiq murojaatlar ko`rib chiqildi. O`zbekistonda raqamli diplomatiyaning birinchi bosqichlari shakllanayotganini 2016 yilda “Digital Diplomacy” internet nashri alohida e`tirof etdi. Nashr dunyoning 210 ta mamlakati tashqi siyosat idoralari faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida tadqiqot olib borib, dunyo reytingini tuzdi. Ushbu tadqiqot 210 mamlakat tashqi ishlar vazirliklarining 2015 yil yanvar oyidan 2016 yilning mart oyiga qadar bo`lgan muddatdagi faoliyatini qamrab oldi. Tahlilchilarning aytishicha, hozirgi kunda dunyoning qator mamlakatlari tashqi ishlar mahkamalari hamda hukumat idoralari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda 740 dan ortiq sahifalar yuritiladi, 208 tasida rasmiy veb-sahifa va 43 tasida mobil ilova ham mavjud. Raqamli diplomatiya mamlakatimiz olib borayotgan faol tashqi siyosat, keng ko`lamli islohotlar haqida millionlab xorijliklarni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz xabardor etish, jamoatchilikning kayfiyatini, munosabatini bilishda ayni muddao hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar