AsosiyJamiyat

FUTBOL YuLDUZI KARLES PUYOL O`ZBEKISTONDA

'FUTBOL YuLDUZI KARLES PUYOL O`ZBEKISTONDA'ning rasmi

FUTBOL YuLDUZI KARLES PUYOL O`ZBEKISTONDA

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida futbol bo`yicha Evropa va jahon chempioni, ispaniyalik taniqli sportchi Karles Puyol ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda O`zbekiston futbol federasiyasi a`zolari, yosh futbolchilar, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O`zbekiston futbol federasiyasi tomonidan millionlar o`yini –futbolni yanada ommalashtirish va mazkur sport turi bilan shug`ullanuvchilarning mahoratini oshirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri futbol yulduzi Karles Puyolning Toshkentga kelishidir.

– O`zbekistonga ikkinchi marotaba kelishim, – deydi Karlos Puyol. – Yurtingiz menga juda yoqadi, xalqingiz mehmondo`st. Tunda kelishimga qaramay tantanali kutib olishganini ko`rib, quvondim. Mamlakatingizda so`nggi yillarda sport jadal rivojlanayotgani va sportchilaringiz erishayotgan yuksak g`alabalardan xabardorman. Ilk marotaba kelganimga qariyb o`n yil bo`ldi. O`tgan vaqt ichida poytaxtingiz tanib bo`lmas darajada o`zgargani havasimni keltirdi.

K.Puyol tashrifi doirasida poytaxtimizdagi futbol akademiyalarida shug`ullanayotgan yosh sportchilarga mahorat saboqlari o`tkazadi. Shuningdek, O`zbekiston chempionati oliy ligasi 28-turi doirasidagi “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o`rtasidagi bahsni kuzatadi.

    Boshqa yangiliklar