ZARAFShON DARYoSI USTIDAGI YaNGI KO`PRIK IShGA TUShDI
"Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo`lidagi – Zarafshon daryosi ustidan o`tgan yangi ko`prik foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi xabar bermoqda.
M-39 "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo`lining 1079-kilometrida joylashgan, "Zarafshon" daryosidan o`tgan eski ko`prik 1963 yilda qurilgan bo`lib, ikki polosali hamda 6,8 metrli qatnov qismidan iborat, avtomobil qatnovini ta`minlab berish imkoniga ega emas – uning har biri 22,16 metrdan iborat 30 dona oraliq qurilmalari (ya`ni balkalari) shikastlangan holatda edi.
Mazkur ko`prikni qayta qurish ishlari 2017 yil yanvarda boshlangan hamda Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi tizimidagi "Samarqandko`prik" korxonasiga topshirilgan bo`lib, loyiha ishlari "Yo`l-loyiha byurosi" MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Bugungi kunda mazkur qurilish ob`ektida avvalgi – uzunligi 134 metr, kengligi 6,5 metrli ko`prik o`rniga – 160 metr uzunlikdagi va qatnov qismi 10 metrdan iborat bo`lgan yangi ko`prik qurib bitkazildi. Yangi ko`prikda har birining uzunligi 22,16 metrdan iborat 36 ta balka o`rnatilib, uning qirg`oq bilan tutashgan kirish va chiqish qismlarida uzunligi 12 metr bo`lgan monolit plitalar barpo etildi.






