AsosiyJamiyat

NAMANGANDA KO`P QAVATLI UYLAR QURILYaPTI

'NAMANGANDA KO`P QAVATLI UYLAR QURILYaPTI'ning rasmi

NAMANGANDA KO`P QAVATLI UYLAR QURILYaPTI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev shu yil iyul oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog`ida viloyat markazining Uychi ko`chasida olib borilayotgan qayta qurish ishlarining borishi bilan tanishib, zarur ko`rsatmalar bergan edi.

Ayni paytda bu erda tegishli loyihaning birinchi bosqichi doirasida 17 ta ko`p qavatli turarjoy binosi va 10 dan ziyod infratuzilma ob`ektini qurish ishlarijadal olib borilmoqda.

Bunyodkorlik ishlarida “Globus qurilish-montaj” mas`uliyati cheklangan jamiyati ishchi-xizmatchilari ham faol ishtirok etayotir. Zokirjon Alimov rahbarlik qilayotgan jamoa a`zolari ko`p qavatli uylardan birini barpo etmoqda. To`rt qavatli, 36 xonadonga mo`ljallangan binoning birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat shoxobchalari joylashadi. Korxona ish boshqaruvchisi Orifjon Usmonovning aytishicha, zamonaviy qiyofada qad rostlaydigan mazkur ob`ekt kelasi yil avgust oyida, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar