Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi va hududiy davlat soliq inspeksiyalariga kelib tushgan murojaatlardan birida Qiziriq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Quvondiq Abdurahimovga qarashli savdo shoxobchalarida savdo qoidalari qo`pol ravishda buzilayotganligi bayon etilgan.
Ushbu murojaat dastlab soha xodimlari tomonidan atroflicha o`rganilib, qisqa muddatli soliq tekshiruvi o`tkazildi. Nazorat tadbiri davomida shoxobcha sotuvchisi Quvondiq Abdurahimov xaridorga amalga oshirgan 20 ming so`mlik xaridi uchun nazorat kassa mashinasi cheki bermaganligi hamda savdo shoxobchasining g`aznasidagi 4 mln 550 ming so`m naqd savdo puli nazorat kassa mashinasi xotirasidan o`tkazilmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, shoxobchada 12 turdagi jami 32 mln 342 ming so`mlik kirim hujjatlari va sifat sertifikatlari bo`lmagan qurilish va xo`jalik mollari hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 maydagi 299-sonli qaroriga zid ravishda 3 turdagi 100-500 VTgacha bo`lgan 792 ming so`mlik cho`g`lanma lampalar sotuvga qo`yilganligi aniqlanib, ushbu tovar moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo`yildi.
09.11.2017 17:43
“IShONCh TELEFON”LARI EShITADI...






