18.02.2014 12:07
Yaponiya avtomobil kompaniyalari o`z faoliyatlarini vaqtincha to`xtatishdi
Mamlakatda kuzatilayotgan noquluay ob-havo sharoiti tufayli kompaniyalarga mashina detallari vaqtida etib kelmayapti. Toyota kompaniyasi vakillari korxonalarining to`rtdan uchtasi shu kunlarda yana ishga qaytishini ma`lum qildi.
Honda ham Tokio shimolida joylashgan ikkita korxonasining faoliyatini vaqtincha to`xtatdi. Suzukining esa uchta korxonasini vaqtincha ishlamayapti.
Yaponiyada kuzatilayotgan sovuq havo va qor mamlakat avtotransport harakatini deyarli to`xtatib qo`ydi. Dushanba kuni Xonsyu orolida yuzlab mashinalar markaziy trassalarning birida tirbandlikda qolib ketdi.
Shuningdek, hozirga kelib Yaponiyada bu tabiiy ofat obiqatida ummumiy 850 kishi jarohat oldi, 17 kishi esa halok bo`ldi.





