TUROBJON IKROMOVICh JO`RAEV SAMARQAND VILOYaTI HOKIMI LAVOZIMIGA TAYINLANDI
T.I.Jo`raevni Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to`g`risida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentiningfarmoni
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qaroriga muvofiq:
Turobjon Ikromovich Jo`raev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Toshkent shahri, 2017 yil 9 noyabr






