AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA 6 TA KIChIK SANOAT ZONASI TAShKIL ETILADI

'SAMARQANDDA 6 TA KIChIK SANOAT ZONASI TAShKIL ETILADI'ning rasmi

Samarqand va Kattaqo`rg`on shaharlari, Bulung`ur, Narpay va Pastdarg`om tumanlarida bo`sh turgan va to`liq foydalanilmay yotgan sanoat ob`ektlari negizida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi mo`ljallangan. Bu haqda O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutqida aytib o`tdi.

Shuningdek, uning aytishicha, engil sanoatda umumiy qiymati 1 trillion 400 milliard so`m bo`lgan 34 ta investisiya loyihasi amalga oshiriladi va 3 ming 400 dan ortiq ish o`rni yaratiladi.

Yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik, elektrotexnika va farmasevtika kabi zamonaviy sohalarda umumiy qiymati 715 milliard so`mlik 17 ta loyiha amalga oshiriladi.

Mahalliy xomashyo asosida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish bo`yicha umumiy qiymati 407 milliard so`mlik 33 ta loyiha amalga oshiriladi va 1 ming 200 ta yangi ish o`rni yaratiladi.

Shuningdek, kelgusi 2 yilda meva-sabzavot etishtirish va qayta ishlash bo`yicha 519 milliard so`mlik 47 ta loyiha amalga oshiriladi.

Chorvachilikni jadal rivojlantirish maqsadida naslli qoramollarni ko`paytirish bo`yicha esa 47 milliard so`mlik 14 ta loyiha, parrandachilik bo`yicha 186 milliard so`mlik 22 ta loyiha amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 138 million dollarlik 43 ta yangi loyiha amalga oshiriladi va 2 ming 500 ta yangi ish o`rni yaratiladi.

Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan yirik loyihalardan tashqari, umumiy qiymati 340 milliard so`mlik 1 ming 700 taga yaqin kichik loyihalar ham amalga oshiriladi va 7 mingdan ziyodish o`rni yaratiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar