NOTARIUS LAVOZIMLARIGA TANLOV BO`LIB O`TDI
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy Malaka komissiyasi tomonidan Toshkent shahridagi 5 ta davlat notarial idoralarining notarius lavozimlariga tanlov bo`lib o`tdi.
Oliy malaka komissiyasi yig`ilishi Adliya vaziri o`rinbosari raisligida olib borildi. Komissiya tarkibi Oliy Sud, Konstitusiyaviy Sud, Advokatlar palatasi vakillari hamda notariuslardan iborat. Tanlovning shaffofligini ta`minlash va jamoatchilik nazoratini o`rnatish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham taklif qilindi. Tanlov jarayonini vazirlik rasmiy veb-sahifasi orqali onlayn tardzda kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Tanlovda 5 ta notarius lavozimiga 11 nafar talabgor ishtirok etdi. Ushbu talabgorlardan faqat uch nafari tanlov g`olibi deb topildi.






