Samarqandda Kalom va Hadis maktablarining ochilish marosimiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Kalom maktabiga Sh. Umarov va Hadis maktabiga O. Yusupovni mas`ul qilib tayinlandi.
Ochilish marosimida Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Ortiqbek Yusupov, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va ishtirok etishdi.
— Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning shaxsan tashabbuslari bilan joriy yilning muborak Ramazon oyida diniy soha xodimlari va ulamolar bilan uchrashuvda yurtboshimiz yurtimizda kalom, hadis, fiqh va tasavvuf maktablarini tashkil etish va bu maktablarda imom xatiblarning maxsus fanlar bo`yicha bilimlarini oshirish masalasi qo`yilgan edi, — dedi Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov. — Mana bugun Allohning inoyati bilan birinchi bo`lib, Samarqand viloyatida Kalom va Hadis maktablari ochildi.
Imom xatiblarimizga juda yaxshi ma`lumki, butun dunyoda kalom, fiqh, hadis va tasavvuf fanlari bo`yicha ham olimlar etishib chiqmoqda. Biz o`ylaymizki mana shu ikki maktabdan ham kelajakda islomiy ilmlar bo`yicha fan doktorlari etishib chiqib, buyuk ajdodlarimizning kalom va hadis fanida yozilgan bebaho ilmiy meroslarini o`rganib butun xalqimiz, xususan yoshlarimizga etkazadi. Biz bu maktablarga bekorga imom xatiblarni talabalikka qabul qilmadik. Chunki, bugunning imomi kuchli bilim va tafakkurga ega bo`lishi lozim. Buni davr taqozo qilyapti.
10.11.2017 13:45
SAMARQANDDA KALOM VA HADIS MAKTABLARI OChILDI






