AsosiyJamiyat

​OLIY TA`LIM MUASSASALARIDAGI YoShLAR ETAKChILARI UChUN O`QUV SEMINARI O`TKAZILDI

'​OLIY TA`LIM MUASSASALARIDAGI YoShLAR ETAKChILARI UChUN O`QUV SEMINARI O`TKAZILDI'ning rasmi

OLIY TA`LIM MUASSASALARIDAGI YoShLAR ETAKChILARI UChUN O`QUV SEMINARI O`TKAZILDI

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar etakchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida oliy ta`lim muassasalaridagi yoshlar etakchilari uchun o`quv seminari o`tkazildi.

Unda malakali mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuncha berildi. Xorijiy davlatlarning yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari va boshlang`ich tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazildi.

Seminarda yoshlar etakchilari guruhlarga bo`lingan holda talaba-yoshlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash bo`yicha takliflar bildirdi. Respublika etakchilar kengashi tarkibiga saylovlar o`tkazilib, kengash raisi va uning a`zolari saylandi. Ularga tashkilotning maqsad va vazifalari, etakchilar zimmasidagi mas`uliyat atroflicha tushuntirildi. Toshkent moliya institutidagi yoshlar etakchisi Kamol Mahmudov Respublika etakchilar kengashi raisligiga saylanib, unga yangi o`quv yilidagi faoliyati oldidan ishonch yorlig`i topshirildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o`rtasidagi qo`shma qaror asosida Yoshlar ittifoqining oliy ta`lim muassasalarida 82 boshlang`ich tashkiloti faoliyati yo`lga qo`yildi. Bugungi kunda oliy ta`lim muassasalarining 370 fakultet, 82 mehnat jamoasi va 75 talabalar turar joyida 20 ming 501 nafar yoshlar etakchisi saylanib, ular 280 mingdan ortiq talabalarni birlashtirdi.

Seminarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda uchrayotgan muammolar bo`yicha ochiq muloqot o`tkazilib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Tadbir doirasida yoshlar o`rtasida turli sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar o`tkazildi, kinofilmlar namoyish etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar