1

Ta`lim muassasalaridagi o`quv xonalarini tozalash kimning zimmasiga kiradi?

Jamiyat 19.02.2014, 11:32
Ta`lim muassasalaridagi o`quv xonalarini tozalash kimning zimmasiga kiradi?
Biz kollej o`quvchilari o`zimizning guruhimizga berilgan xonani navbatma navbat tozalaymiz. Aslida kollej o`quv xonalarini kundalik tozalash kimning zimmasiga kiradi degan savol bilan murojaat qilmoqchi edik? (N.Mansurov, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani)
 
Ushbu savolga Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktorining o`rinbosari Z.Xudoyberdiev javob berdi:
 
“O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan qabul qilingan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan Qarorga ko`ra, binolarning ichki qismi, shu jumladan, xizmat xonalari, yo`laklar, zinapoyalar, faollar zali, sport zali hamda o`quv auditoriya maydonini har 700 kv.metr tozalash maydoni uchun 1 shtat farrosh lavozimi kiritilgan. Biroq o`quv auditoriya hamda yotoqxonaning o`quvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1