AsosiySalomatlik

​DORI QUTISINI TARTIBGA KELTIRAMIZ!

'​DORI QUTISINI TARTIBGA KELTIRAMIZ!'ning rasmi

Dori preparatlarining sifati buzilgan bo`lsa, uni quyidagi belgilar yordamida aniqlash mumkin. Diqqat qiling:

tabletkalar – butun ko`rinishini yo`qotgan, o`rtasidan darz ketib, ikkiga ajralgan, idishidan olganingizda uvalanib ketadi. Rangi o`zgargan, yoqimsiz hidga ega;

kapsula – maxsus o`ramidan to`kilib tushadi, sinuvchan va yumshoq, idishda bir-biriga yopishib qolgan;

tomchi dorilar – rangi to`qlashib qolgan, idish tagida cho`kma hosil bo`lgan, nospesifik hid paydo bo`ladi;

maz-surtmalari – foydalanilganida mayda tugunchalar hosil bo`lgani ko`zga tashlanadi, suyuqlashib qolganligi, rangi o`zgargani hamda tarkibidagi suv miqdori qo`lda qolayotganligi bilan farqlanadi;

shamchalar – yuzasida yoriqlar paydo bo`lgan, rangi o`zgargan va yoqimsiz hidga ega.

E`TIBOR BERING:

  • Agar dori qutisida ko`rsatilgan yaroqlilik muddati o`tib ketgan bo`lsa yohud raqamlari ko`rinmasa, foydalanmang.
  • Preparatning foydalanish yo`riqnomasini topolmayotgan bo`lsangiz, bilib-bilmay qabul qilishga shoshilmang. Bunday vaqtda dorixonalar tarmog`i xizmatiga sim qoqqan ma`qul.
  • Dori solingan idish tagida kimyoviy bo`yoqlarga ko`zingiz tushsa, suyuq preparatlarda ko`kimtir cho`kmalarni sezsangiz, yaxshisi uni tashlab yuboring.
  • Bordi-yu, dori vositasining saqlash joyi sifatida muzlatkich harorati ko`rsatilgan bo`lsa, albatta, unga amal qiling.

    Boshqa yangiliklar