AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “MENGA NIMA BO`LAYaPTI?”

'Madad-shifo: “MENGA NIMA BO`LAYaPTI?”'ning rasmi

— Ertalab arang ko`zimni ochaman, kun davomida hadeb uyqum kelaveradi. Qandaydir lohas, quvvatsizman. Rosti, menga nima bo`layotganini tushunmay qoldim, ehtimol, toliqqandirman desam, ishim qiyin emas. Ayting-chi, uyquchanlikning paydo bo`lishi nimadan?

Akrom Rasulov, Sirdaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Ertalabki holsizlik ko`pincha anemiya yoki gipoterioz kasalliklarida kuzatiladi. Tashxisni aniqlashtirish maqsadida umumiy qon tahlili hamda TTG gormonlari tekshiruvini o`tkazish lozim. Shu bilan birga, endokrinolog ko`rigidan o`ting. Ayrim revmotologik xastaliklarda ham uyquchanlikka moyillik mavjud. Agar endokrinolog ko`rigi hech qanday muammoni ko`rsatmasa, demak, revmatolog tekshiruvidan o`tishingiz kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar