1

Madad-shifo: “UMURTQA POG`ONASIDAGI O`ZGARIShLAR MILKLARGA TA`SIR KO`RSATADIMI?”

Salomatlik 13.11.2017, 13:18
Madad-shifo: “UMURTQA POG`ONASIDAGI O`ZGARIShLAR MILKLARGA TA`SIR KO`RSATADIMI?”

— Yaqinda bir ma`lumotni o`qib qoldim, umurtqa pog`onasi kasalliklari milklarning shishib, bo`shashib qolishini keltirib chiqarar ekan. Men ko`p yillardan buyon milk yallig`lanishiga qarshi davolanaman. Ammo barcha urinishlarim vaqtinchalik natija beradi, xolos. Balki mendagi bezovtalikning boisi ham umurtqa bilan bog`liqdir?..

Akrom Ismatullaev, Buxoro shahri

Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV, oliy toifali shifokor-stomatolog:

— Har bir inson organizmi individual tuzilgan, shunga ko`ra kasalliklarning kelib chiqishi ham turlicha kechishi mumkin. Milk yallig`lanishi faqatgina ineksiya preparatlarini yuborish bilan davolanadi, deb o`ylasangiz, adashasiz. Zero bezovtalikni keltirib chiqargan omil aniqlanmas ekan, xastalik takrorlanishi ehtimoli ortaveradi. Ayrim og`iz bo`shlig`i xastaliklari chindan ham boshqa a`zolardagi o`zgarishlarning asorati bo`lishi mumkin. Biroq sizning holatingizda davolovchi shifokoringiz kasallik anamnezi, hayot tarzingiz va boshqa bir qancha holatlar bo`yicha surishtiruv o`tkazib, so`ng tashxisni e`lon qilishi mumkin.

Bundan tashqari, laboratoriya sharoitida o`tkaziladigan tekshiruvlarning bajarilishi ham masalaga oydinlik kiritishda yordam beradi.

Sizga maslahatim, turli taxminlarga berilmang-da, yaxshisi, chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`ting. Shunda bir martalik muolaja kor qilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1