1

Madad-shifo: “ENKOPREZ XAVFLIMI?”

Salomatlik 13.11.2017, 13:28
Madad-shifo: “ENKOPREZ XAVFLIMI?”

— O`g`lim 6 yoshda. Tibbiy tekshiruvlardan so`ng unga enkoprez tashxisi qo`yildi. Surishtirib bilsam, mazkur xastalik yo`g`on ichak potologiyasi bilan bog`liq ekan. Hozirda shifokor buyurgan preperatlarni qabul qilayapmiz, shunday bo`ls-ada, uyda yana qanday choralarni qo`llash mumkin, nimalarga ahamiyat berish kerak shuni bilmoqchiman?.. Muhimi, kasallikdan butunlay xalos bo`lishning imkoni bormi?

B.To`raeva, Xorazm viloyati

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Enkoprez tashxisi qo`yilayotganda uning qay bir turga mansubligi muhim sanaladi. Tibbiyotda mazkur xastalikning yolg`on (ikkilamchi) va haqiqiy ko`rinishlari tasniflanadi. Biroq har ikkala holatda ham bola taomnomasiga e`tibor qaratish lozim.

Ayniqsa, ich surishi bilan kechadigan ikkilamchi enkoprez bilan og`rigan bolalar parhezga amal qilishlari shart. Taomnoma qizil lavlagi, o`simlik yog`i, sabzi, smetana, barra karam, olma, kivi, sut-qatiq kabi mahsulotlardan iborat bo`lishi, makaron, manniy yormasi, guruch esa imkon qadar iste`mol qilinmasligi kerak.

Enkoprez muolajasining asosini bosh miya qobig`ining metabolik jarayonlarini yaxshilovchi preparatlar tashkil qiladi. Davolash choralari qancha muddat va qay tartibda olib borilishini esa shifokor belgilaydi.

Enkoprez alomatlari ko`pincha disbakteriozga xos bo`lib, muolajada ichaklar mikraflorasini me`yorlashtiruvchi dori vositalari qo`llaniladi. Axlat tutolmaslikni davolashda uni keltirib chiqargan omil aniqlanmas ekan, kutilgan natijaga erishish qiyin kechishi mumkin. Shu bilan birga, bolaning psixonevrologik holatini ham inobatga olish darkor.

Ayrim hollarda xastalik aynan asab torlarining zo`riqishi sababli ham kelib chiqadi. Shifokorlar enkoprez muolajasi kutilgan natijani berishi uchun oilada sog`lom muhitni yuzaga keltirish, bola ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatuvchi usullarga murojaat etishni maslahat berishadi.

Farzandingiz o`zidagi o`zgarishlardan qobiqqa tushib qolmasligi, ruhan zo`riqmasligi lozim. Buning uchun esa unga sizning ko`magingiz kerak bo`ladi. Agar bolada ikkilamchi enkoprez bo`lsa, yo`g`on ichakda axlat tiqinlari qolib ketmasligi, vaqti -vaqti bilan ich bo`shalishiga ahamiyat berish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1