AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRI ROSSIYaLIK HAMKASBINI TABRIKLADI

'O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRI ROSSIYaLIK HAMKASBINI TABRIKLADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po`lat Bobojonov rossiyalik hamkasbi polisiya generali Vladimir Kolokolsevni Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan shaxsan tabrikladi.Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV rahbarining rasmiy tashrifi Rossiya huquq idorasining kasbiy bayrami kuniga to`g`ri keldi. Rossiya Federasiyasi IIVda bo`lib o`tgan muzokara chog`ida, general-mayor P.Bobojonov Rossiya ichki ishlar vaziri V.Kolokolsevni va vazirlikning barcha shaxsiy tarkibini Ichki ishlar organlari xodimlari kuni va sovet milisiyasi tashkil topganining 100 yilligi bilan qutladi va bayramga bag`ishlangan tantanali tadbirga taklifi uchun minnatdorchilik bildirdi.

O`zaro ishonch va hamjihatlik ruhida o`tgan muloqot chog`ida, ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari rahbarlari kelgusidagi hamkorlik yuzasidan boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

    Boshqa yangiliklar