20.02.2014 16:10
«Chelsi»-«Fulxem» uchrashuvi teledasturlarga kiritildi, ammo...
Ammo kecha ayrim OAV saytlarida “Sport” kanali ushbu xabarni rad etgani haqida xabar tarqaldi.
Milliy teleradio kompaniyaning nashri hisoblangan “Sado” gazetasining 24 fevraldan 2 martgacha mo`ljallangan teledasturlarida 1mart kuni soat 19:50da “Futbol kuni” rukni ostida "Fulxem"-"Chelsi" uchrashuvi namoyish etilishi kiritilgan.
Tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Sport” telekanalining “Translyasiya” bo`limi bilan bog`landik. Kanal xodimi uchrashuv translasiya qilinishi, faqat ushbu namoyish o`zgacha ko`rinishda bo`lishini ma`lum qildi.
Qanday ko`rinishda bo`lishi haqidagi savolimizga ular hozircha javob bera olmasliklarini aytishdi.
Demak, ushbu uchrashuvning qay tarzda namoyish etilishini faqat 1 mart kuni bilib olamiz.





