AsosiyJamiyat

TURKMANISTONDA O`ZBEKISTON MADANIYaTI KUNLARI BOShLANDI

'TURKMANISTONDA O`ZBEKISTON MADANIYaTI KUNLARI BOShLANDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegasiyasi Turkmanistonga tashrif buyurishdi. “Xalq so`zi” nashri ma`lum qilmoqda.

“Turkmanistonda O`zbekiston madaniyati kunlari” dasturi doirasida amalga oshirilgan ushbu tashrif ishtirokchilari Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati chegarasida kutib olindi.

2017 yil 13 noyabr kuni Turkmaniston Respublikasi Madaniyat vaziri Atageldi Shamuratov va O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov o`rtasida Turkmaniston Madaniyat vazirligida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda mana shunday do`stona aloqalarni mustahkamlashga ko`maklashayotgani uchun har ikki davlat rahbarlariga minnatdorlik bildirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar o`zaro fikrlashildi. Jumladan, madaniyat, san`at, kino sohalari va yozuvchilar o`rtasida hamkorlik olib borish, teatrlar, muzeylar hamda ular faoliyatiga doir ma`lumotlar bilan yaqindan tanishish, hamkorlikda konsert dasturlarini namoyish etish kabi takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida ikki vazirlik esdalik sovg`alarini bir-biriga taqdim etdi.

    Boshqa yangiliklar